#matbuot_anjumani "Hayvonlarda uchraydigan kasalliklarning oldini olish maqsadida olib borilayotgan ishlar to`g`risida

Anjuman avvalida Hayvonlarda uchraydigan kasalliklarning oldini olishda  Payariq tumani hududida joriy yilning 4 oy davomida amalga oshirilgan ishlar xususida ma'lumot berib o'tdi.

Payariq tumanida bugungi kunda jami 112526 bosh yirik shoxli mollar shundan 58635 bosh sigirlar, 105255 bosh mayda shoxli mollar 4202 boshqa turdagi xayvonlar, 26050 itlar, 562522 ta parrandalar mavjud bulib reja asosida 8 turdagi (kuydirgi, quturish, oqsil, qorason, dermatit REV1 Chechak brodzot) kasalliklariga qarshi emlanib hamda veterinariya xizmatlari ko’rsatib kelinmoqda.

Payariq tumanida bugungi kunda 74 ta chorvachilik, 72 ta baliqchilik, 22 ta parrandachilik, 5 ta asalarichilik fermer xoʻjaligi mavjud.

 Aholiga sifatli veterinariya servis xizmatlarini koʻrsatish uchun tumandagi Paxtakor, Darvishiq, Iris qozoq, Ergash oʻgʻli Ismoil va Xalkaobod MMTP xududlariga kontenerdan yasalgan maxsus zooveterinariya shaxobchasi oʻrnatilgan Ushbu shaxobchalar barcha veterinariya jixozlari bilan toʻliq ta'minlangan.

 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 31 avgustdagi “Hayvonlarning oʻta xavfli yuqumli kasalliklariga qarshi vaksinasiya tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 481-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida quydagi ishlar olib borilmoqda.

2024 yilda yuqumli kasalliklarni oldini olish va emlash uchun  Tuman xokimining 2024 yil 24 yanvardagi Tumanda epizootiyaga qarshi profilaktika tadbirlarini uyuushqoqlik bilan tashkil etish toʻgʻrisida  11-7-100-F/24 conli farmoishi xamda tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish   boʻlimining  2024 yil 01 fevraldagi 100-VB/2023-son buyrugʻiga asosan kasalliklarni oldini olish va emlash uchun 18 ta guruxdan iborat jami 65 ta veterinariya mutaxasislari jalb etilib xonadonbay ishlash  kasalliklarga qarshi emlash va tushuntirish ishlari olib borish uchun safarbar qilingan.

Joriy yilning bugungi kunigacha quydagi veterinariya tadbirlari amalga oshirilgan

- Brusellyoz kasalligiga tekshirish uchun 11563 bosh  yirik shoxli mollar, 1848 bosh mayda shoxli mollardan qon namunalari olinib serologik tekshirish  oʻtkazilgan.

- 26000 doza quturish emlamasi olib kelinib 15650 bosh it va mushuklar qutirish kasalligiga,

- 60000 doza  dermatit emlamasi olib kelinib 50935 bosh yirik shoxli mollar nodulyar dermatit kasalligiga,

- 88000 doza kuydirgi emlamasi olib kelinib 64501 bosh yirik shoxli mollar, 20063 bosh mayda shoxli mollar, 153 bosh ot, 197 bosh eshaklar kuydirgi (Sibirskiy yazva) kasalligiga,

- 7000 doza qorason emlamasi olib kelinib 6850 bosh yirik shoxli mollar qorason(emkar) kasalligiga,

- 51500 doza oksil emlamasi olib kelinib 34382 bosh yirik shoxli mollar oqsil (yashur) kasalligiga,

- 92000 doza Chuma-N emlamasi olib kelinib 91520 ta Parrandalar chuma-N kasalliklariga emlanib maxsus shunurlangan muxurlangan jurnallarga qayd etildi.

- Emlash ishlari davom etmoqda.

Yuqoridagi yuqumli kasalliklarni kelib chiqishi, oʻtishi oqibatlari toʻgʻrisida axoli oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Tumandagi mavjud 99 maktab, 42 ta maktabgacha ta'lim  va 65 MFYlarda xayvonlardan insonlarga (zooanrapanoz) yuqadigan kasalliklar toʻgʻrisida tushuntirish va targʻibot ishlari olib borilib dalolatnomalar rasmiylashtirilgan, kasalliklar boʻyicha 15633 dona targʻibot varaqalari tarqatilgan.

Boʻlimning https://t.me/payariq_veterinariya_bot  telegram kanalida oʻta xavfli yuqumli kaslliklarni oldini olish xamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo’limida  bajarilgan ishlar yoritib boriladi

Payariq  hokimligi va tuman Payariq xayoti gazetasining telegram kanallarida 15 marotaba, Samarqand viloyati xokimligi ijtimoiy tarmoqlarida 2 marotaba oʻta xavfli yuqumli kaslliklar xaqida maqolalar chop etilgan.

Chorva xayvonlarini emlash va axoli oʻrtasida kasalliklar toʻgʻrisida tushintirish va targʻibot ishlari davom etmoqda.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM