#matbuot_anjumani Payariq tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Payariq tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2018-yildagi 3666-PQ-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yilning 1-choragida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, mazkur davr mobaynida bo‘limga jami 75 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan bo‘lib, shundan 46 tasi qanoatlantirilgan,  19 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 5 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan hamda 2 ta murojaat murojaat mualliflarining iltimosnomasiga muvofiq ko‘rmasdan qoldirilgan.

Adliya bo‘limi tomonidan jami 12 ta o‘rganish va 4 ta monitoringlarni o‘tkazilishi natijasida 868 ta qonun buzilish holatlarini aniqlangan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar va monitoringlar natijasi bilan, “Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida” jami 25 ta taqdimnomalar hamda 16 ta ogohnomalar tumanning turli idoralariga kiritilgan bo‘lib, shu idoralarning 6 nafar xodimlari intizomiy javobgarlikka tortilgan, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga zid ravishda qabul qilingan 23 ta hujjatlar bekor qilingan hamda kiritilgan taqdimnomalar bo‘yicha 251 000 000 so‘mlik mablag‘lar fuqarolarga to‘lanishi ta’minlangan.

Shuningdek, adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va murojaatlarni qanoatlantirilishi natijasida, jami 27 ta da’vo arizalar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga kiritilgan, fuqarolarga to‘lanilishi lozim bo‘lgan 181 mln. so‘mlik mablag‘lar sud hal qiluv qaroriga bilan undirilgan.      

Mazkur davr mobaynida, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzgan jami 16 nafar shaxslar O‘zbekiston Respubdikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining turli moddalari bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Xalq deputatlari tuman kengashi va tuman hokimligi tomonidan qabul qilingan 4 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ularga tegishli tartibda ekspertiza xulosalar berilishi ta’minlangan.

Bo‘lim tomonidan amaldagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga oid viloyat adliya boshqarmasi orqali 4 ta takliflarni kiritilgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmon, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda Davlat dasturlarning ahamiyatini, maqsadini va  mohiyatini yetkazish, tushuntirish, bepul huquqiy maslahatlar berish, aholini huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida, tuman adliya bo‘limi xodimlari mutassadi idoralar bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari orqali 25 marotaba shu jumladan, televideniyada 4 marotaba, radioda 2 marotaba, gazetada 9 marotaba, rasmiy veb-sayt orqali 62 marotaba va 114 marotaba og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazilgan.

Shuningdek, aholini yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan o‘z vaqtida xabardor qilib borish borasida 14 marotaba ko‘rgazmali targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, 700 dona buklet va flayerlar aholi o‘rtasida tarqatilishi ta’minlangan.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM