Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir

Tuman hokimining o'rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i G.Isroilova ishtirokida "Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir" mavzusida anjuman o'tkazildi.

Oilada millatning ertangi kuniga poydevor qo‘yiladi, hayotning davomiyligini ta’minlovchi avlod shakllanadi, milliy madaniyat, urf-odatlar, axloqiy-ma’naviy qadriyatlar asrab-avaylanadi, jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy farovonlik va madaniy yuksalishlariga asos solinadi, mustahkamlanadi.
Oilaning mustahkamligi er va xotinning o‘zaro totuv hayot kechirishiga bog‘liq. Bu farzandlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Birinchi yurtboshimiz  Islom Karimov oila mustahkamligini ta’kidlab shunday degan edilar: “Qachon oila baxtli bo‘ladi: Qachonki ayol baxtli bo‘lsa. Qachon ayol baxtli bo‘ladi: Avvalam bor uning bolalari oila a’zolari, turmush o‘rtog‘i sog‘ omon bo‘lsa. Qachon ayol hayotdan rozi bo‘ladi: Qachonki oilasi tinch, ro‘zg‘ori farovon bo‘lsa, ertangi kundan ko‘ngli to‘q bo‘lsa. Odamning qalbida neki oliyjanob tuyg‘ular mavjud bo‘lsa ular avvalo onadandir”. 
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev doimo o‘z nutqida mo‘tabar onalar, opa-singillarimiz, dilbar qizlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni nafaqat vazifa, balki insoniy burch ekanini alohida ta’kidlaydilar. Jumladan: Ayol baxtli bo‘lsa, oila va jamiyat ham albatta baxtli bo‘ladi. Shuning uchun ham barchamiz – Prezidentdan tortib eng quyi bo‘g‘indagi rahbar va mutasaddilar ana shu oliy mezonga amal qilib ishlashimiz zarur. Shundagina xalqimiz ham, Yaratgan ham bizdan rozi bo‘ladi, – deydilar.
Ma’lumki, dinimiz ayollarning hayotdagi mavqe’larini oshirib, Allohning roziligini uning roziligiga aylantirdi. Opa-singil va turmush o‘rtoqlarni ham ehtirom qilish dinning eng go‘zal tarbiyasi ekanligini o‘rgatdi. 
Oilada ahil, tinch va osoyishta umur guzoronlik qilish uchun eng avvalo oila boshliqlarining roli katta. Ular bir-birlari bilan yaxshi muomalada bo‘lsalar, bir-birlarini to‘g‘ri tushunsalar oilada tinchlik va osoyishtalik bo‘ladi.
Ibn Sino shariat ko‘rsatmalariga asoslanib, er-xotin munosabati tenglik hamjihatlik va o‘zaro hurmat asosida qurilishi haqida to‘xtaladi va "Erkak kishi oila boshlig‘idir, u oilaning barcha ehtiyojlarini qondirmog‘i lozim, chunki bu uning birlamchi vazifasidir. Ayol esa erkakni yaxshi, munosib yo‘ldoshi va bola tarbiyasi borasida eng yaxshi voris va yordamchisidir" deb yozadi.
- Tumanimizda 30 kishidan iborat  “Oqila ayollar” harakati tuman jamoatchilik tuzilmasi to‘zildi. Shu kabi har-bir mahallalarda ham 15 kishidan iborat “Oqila ayollar” harakati jamoatchilik tuzilmasi tashkil qilindi.- deydi G.Isroilova anjuman avvalida.

“Oqila ayollar” harakati tarkiblari bilan qo‘yidagi tadbirlar o‘tkazildi:
«Xotin-qizlar huquqiy madaniyatini rivojlantirishning istiqbollari» mazusida 23 ta tadbir o‘tkazildi;
 «Oila muqaddas» mazusida 46 ta tadbir o‘tkazildi;
«Ayol e’zozda» mazusida 65 ta tadbir o‘tkazildi;
 «Kelin va qaynona» mazusida 25 ta tadbir o‘tkazildi;
 «Ibratli oila» mazusida 18 ta tadbir o‘tkazildi;
 «Siz qonun himoyasidasiz» mazusida 65 ta tadbir o‘tkazildi;
 «O‘zbek ayoli» mazusida 13 ta tadbir o‘tkazildi;
“Buvijonlar ma’rifati” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy ma’rifiy tadbirlar 148 ta tadbir o‘tkazildi.
O‘zbek qadriyatlari va urf-odatlari buvijonlar talqinida” mavzusida tumanimizdagi “O‘zbekiston”MFY xotin-qizlar faoli tomonodan 17-son musiqa va san’at maktabi faollar zalida tadbir o‘tkazildi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, oila muqaddas dargoh va jamiyatning kichik bo‘g‘ini hisoblanadi. Uni saqlab qolish juda muhim. Oilaning muqaddasligini yoshlarimizga to‘g‘ri tushuntirib borish lozim.  Qiz eri ustidan ota-onasiga shikoyat qilib kelsa, ota-ona qiziga kelinlik vazifasini tushuntirib, qaynona va boshqa oila a’zolaridan arazlamaslik kerakligi, ularga gap qaytarmaslik va erining uyidagi gap-so‘zlarini ota-onasinikiga tashimaslik kerak kabi pand-nasihatlar bilan  iziga qaytarib yuborishi darkor. Chunki, Hayot hamisha o‘yin — kulgidan, ko‘ngilxushliklardan iborat emas, oilada ba’zi bir tushunmovchiliklar bo‘lishi tabiiy holdir. Ayrim qaynonalarni ko‘ramizki, qudalarini ayblab, butun mahallaga sirlarini oshkor qilib yuradilar. Ba’zilari takabburlik va kaltafahmlik qilib, farzandlarini baxtiga zomin bo‘lmoqdalar. Natijada bir oila barbod bo‘lib, unda voyaga yetgan farzandlarning ma’naviy tarbiyasi jamiyatning og‘riqli nuqtasiga aylanmoqda.
Qaynonalikning ishi og‘ir, sabr-toqatni talab qiladigan vazifadir. Chunki uni tug‘ib, mehr berib o‘stirgan o‘g‘liga o‘zga bir xonadonda, begona bir muhitda o‘sgan qizni o‘z oila a’zosiga, o‘z bolasiga aylanishi uchun, o‘g‘li bilan baxtli-saodatli hayot kechirishi uchun, qaynonadan ancha mehr-muhabbat, sabr va kechirimlilik talab qilinadi. Qarilarimiz, kelin olish oson, qaynona bo‘lish qiyin, deyishgan. Yana, ayol kishining qandayligini bilmoqchi bo‘lsang,kelin qilganda ko‘r,deyishgan.
Oilalarda ajrimlarni oldini olish maqsadida 65 ta mahallada “Biz ajrimga qarshimiz” shiori ostida tadbirlar o‘tkazildi. Natijada 185 ta ajrim yoqasidagi oilalardan 162 ta oila yarashtirildi.
Mutaxassislar oilalarning buzilish sabablarini o‘rganib chiqib, yoshlarimizning oila qurishga tayyor emasligi, sog‘lig‘iga e’tiborsizlik, yigitlarning oilani boshqarishni, ro‘zg‘orni moddiy ta’minlashni, farzandlarni ma’nan va jismonan sog‘lom qilib tarbiyalashni o‘z burchlari deb bilmasliklari, qizlarning esa uy bekasi, onalik vazifasini tushunmasligi, aksariyat hollarda qaynona va kelin o‘rtasidagi mojarolar tufayli yuzaga kelayotganligini aytib o‘tishimiz mumkin.
Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan. Ayol — oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki. Ayollar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir. Xotin-qizlari e’zozlangan, qadrlangan yurtning esa buguni va ertasi farovon. Chunki ayol mehnati bilan jamiyat to‘laqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi.Shu bois mamlakatimizda xotin-qizlarga munosib shart-sharoitlarni yaratib berish, ularni hayotdan rozi bo‘lishlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ma’lumki, bugungi kunda xotin-qizlar manfaatlarini oila, mahalla va jamiyat manfaatlaridan ajratgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Ana shu masalalarni kompleks hal etish, bu borada davlat siyosatini yanada yuqori bosqichga ko‘tarish asosiy vazifasi sifatida belgilandi.
Ayol baxtli bo‘lsa, oila to‘kisligidan dalolat beradi. Jamiyat esa gullab-yashnaydi. Ma’lumki, "Ayollar daftar"i,"Temir daftar"ga kiritilgan xotin-qizlarimiz davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Imtiyozli kreditlar, subsidiyalar ajratish natijasida ular mazkur "daftar"lardan chiqarilmoqda. Tumanimizdagi 65 ta mahalla xotin-qizlar faollari tomonidan olib borilayotgan ishlari, tadbirlari tumanimizdagi barcha ayollarning  yashash tarzini yaxshilashga qaratilgan.
Esimda, avvallari ayollarning turmush darajasi butunlay boshqacha edi. Rangpar, yupun bolalar, paxta etaklarini nozik beliga tang‘ib olgan nimjon homilador kelinchaklar... Dala shiyponida ko‘plab go‘daklarga “bog‘cha opalik” qilib o‘tirgan onaxonlar... Buni yoshi ulug‘lar juda yaxshi bilishadi. Bugungi kunimizni ko‘ring, butkul boshqacha. Ayollar iqtisodiy, ijtimoiy tomondan keng qo‘llab-quvvatlanayotir. Xotin-qizlarning baxti, kamoli, istiqbolini ko‘zlagan va buni oliy maqsad, deb bilgan mamlakat dunyoda kamdan-kam topiladi. Ana shunday yurtda yashayotganimdan behad faxrlanaman.

30 yoshdan yuqori xotin-qizlarning xatlovdan o‘tkazilib anketa so‘rovnomalar to‘ldirildi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, 4464 nafar xotin-qiz ijtimoiy holatlari bo‘yicha “Ayollar daftari”ga kiritildi. Kechagi kun holatiga ko‘ra 4339 nafar ayollarning muammolari hal etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 5 nafari xotin-qizlar ijarada yashaydi. Ularning ijara shartnomalari mavjud, 3 oylik kompensatsiya to‘lab berilgan. 
Mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etuvchi xotin-qizlar islohotlar jarayonida faol qatnashib, Vatanimiz taraqqiyoti, uning yanada gullab-yashnashiga munosib hissa qo‘shmoqda.Bundan 10-15 yillar ilgari faqatgina ijtimoiy sektor, ayniqsa, ta’lim va tibbiyot sohasi xodimlarining asosiy qismini ayollar tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib, respublikamiz iqtisodiy rivojida katta ahamiyatga ega bo‘lgan bank-moliya, ishlab chiqarish kabi sohalarda, avtomobilsozlik, mikrobiologiya, farmasevtika, elektron va elektrotexnika sanoati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, servis va bozor iqtisodiyoti xizmatlari kabi yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tarmoqlarda ham xotin-qizlarimizning hissasi tobora ortib bormoqda.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda tadbirkorlik, xususiy va oilaviy biznes sohasida ayollarning ishtiroki kuchayib borayotganini qayd etish joiz. Buni oxirgi o‘n yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga rahbarlik qilayotgan xotin-qizlarning ulushi 1,6 barobar oshgani misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
Bugungi kunda ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan birga, ularning salomatligini mustahkamlash, sog‘lom farzand dunyoga kelishini ta’minlash dolzarb ahamiyatga ega.
Xulosa  qilib  aytadigan  bo‘lsak,O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan joylarda tashkil etilayotgan Ayollar maslahat markazlarini nozik hilqat vakillariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin ifodasi sifatida keltirish mumkin. Zotan, ushbu markazlar xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, ularning tibbiy savodxonligini oshirish, qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilish, oila institutini rivojlantirish, uy bekalarining turmush tarzini, dunyoqarashini yanada yaxshilash va turli ma’naviy-mafkuraviy xurujlardan asrash kabi dolzarb maqsadlarga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

 

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM