"Yosh kitobxon" tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan Payariq tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" ning 2-mavsumi doirasida “Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Tanlov yakuniga ko'ra 10-14 yosh toifasida  Shahrizoda G'aniqulova (Oqqorg'on mahallasi), 15-19 yosh toifasida Botir Kamolov (Dehqonobod mahallasi) va 20-30 yosh toifasida Anvar Qo'ziboyev (Boshcho'rosh mahallasi) go'liblikni qo'lga kiritishdi hamda tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi. Yosh kitobxonlarimizga keyingi bosqichlarda ham omad tilaymiz.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM