Davlat organlari - xalqqa xizmat qilishning samarali vositalari

Tuman hokimining o'rinbosari - oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i G.Isroilova ishtirokida "Davlat organlari - xalqqa xizmat qilishning samarali vositalari" mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi.

Darhaqiqat, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi bugungi kunda ayollarga bo'lgan e'tibor g'amxo'rlikda ham ko'rishimiz mumkin. Aynan ushbu yo'nalishda Prezidentimiz tomonidan 2022-yil 1-martda “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-81-son Farmon imzolandi. 

Farmon bilan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etildi:

Qo‘mita oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. 

Quyidagilar qo‘mitaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish;

oila va xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish;

xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish;

xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

xotin-qizlar yo‘nalishidagi NNT faoliyatiga yordam ko‘rsatish. 

Hujjat bilan quyidagi lavozimlar kiritildi:

Vazirlar Mahkamasida: Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi;

Tuman hokimliklarida: hokim o‘rinbosarlari — oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari. 

 Yuqoridagilardan kelib chiqib, joriy yilning 1-mart kuni “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 146-sonli qarori tasdiqlandi.

 2022-yilning 7-mart kuni “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli farmon imzolandi.

Mazkur xujjatlardan maqsad-mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirishdir.

Ma’lumki, har qanday jamiyatning madiniy darajasi uning ayollarga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi. Shuning uchun ham xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratib berish, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalasi yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.

Shu asosda onalik va bolalikni himoyalash, oila institutini qo‘llab-quvvatlash, ayollarning ta’lim olishlari, ularning jamiyat hayotidagi nufuzini oshirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

- Hozirgi kunda tumanda 150 ortiq xotin-qizlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotning turli sohalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib bormoqda. - deydi G.Isroilova muloqot davomida.

Shuningdek, 3 nafar xalq deputatlari viloyat kengashi, 9 nafari kengashlari deputati hisoblanadi.

Tumanda 131 633 nafar xotin-qizlar bo‘lib, shundan 4746 nafari ishsiz.

2022-yilda tumanda 4397 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi, ularning 496 nafari kasb-hunarga o‘qitildi.

Joriy yilning 1-choragida esa 1083 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.

Bundan tashqari, 2022-yilda 298 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik markazlarida o‘qitildi.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan o‘tgan yili nogironligi bo‘lgan va yordamga muhtoj bo‘lgan 60 ga yaqin xotin-qizlar reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi.

Shuningdek, og‘ir sharoitda yashayotgan va nogironligi bo‘lgan 30 nafar xotin-qizlarga Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan uy-joylarning boshlang‘ich badallari qoplab berildi.

O‘tgan yili tuman bo‘yicha 19 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qiz farzandlari oliy o‘quv yurtlariga davlat granti asosida imtiyozli o‘qishga qabul qilindi.

2022 yilda 49604  nafar xotin-qizlar xatlovdan o‘tkazildi va uning yakunlari bo‘yicha 4464 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritildi va ularning barchasiga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Jumladan:

– 1742 nafar ishsiz ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarning bandligi ta’minlandi, 55 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitildi

– 154 nafar xotin-qizlarga “Xalq banki”, “Agrobank”, “Mikrokreditbank”ning hududiy filiallari tomonidan jami 1 mlrd.282 mln. 800 ming so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi va ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashildi;

2289 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, I-II guruh nogironligi bo‘lgan, qaramog‘ida bir va undan ortiq nogiron farzandlari mavjud yolg‘iz ayollarga 2 mlrd.586 mln. 600 ming so‘m miqdorda moddiy yordamlar ko‘rsatildi;

 28 nafar uy-joyi ta’mirga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida “Ayollar jamg‘armalari” hisobidan 169 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, ularning uy-joylari ta’mirlandi;

 “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan nafariga uy-joy uchun ijara kompensatsiyasini qoplab berishga jami 12 mln mablag‘ yo‘naltirilganligini ta'kidlab o'tdi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM