Payariq tumanida temir daftarga kiritilgan fuqarolar va ularga yaratilayotgan sharoitlar va 2022-yilgi rejalar to'g'risida

Bugun tuman hokimining birinchi o'rinbosari Ulug'bek Ollanov ishtirokida Payariq tumanida temir daftarga kiritilgan fuqarolar va ularga yaratilayotgan sharoitlar va 2022-yilgi rejalar to'g'risida ochiq muloqot o'tkazildi.

Barchamizga maʼlumki so‘ngi yillarda 3 ta daftar, yaʼni “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Dastlab xatlov natijalari bilan temir daftarga 3472 ta oila, ularning oila aʼzolari soni 16833 nafarni, shundan mehnatga layoqatli ishsizlari soni 4465 nafarni tashkil etgan edi.

Sektor rahbarlari tomonidan oilaviy sharoiti og‘ir operatsiyaga muhtoj oilalar aniqlanib, tuman kengashi sessiya muhokamalari bilan qo‘shimcha 228 ta oila kiritildi. Ushbu kiritilgan oilalar aʼzolari 822 nafarni, shundan mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolari soni 318 nafardan iborat.

Temir daftarga kiritilgan jami oilalar soni 3700 tani tashkil etdi. (oila aʼzolari soni 17725 nafar, 4783 nafar mehnatga layoqatli ishsizlarni bandligi taʼminlandi shundan Iqtisodiy kompleks 2392 nafar qishloq xo‘jaligi sahosida takroriy ekin hisobiga 2004 nafar Qurilish kompleksi 97 nafar Avvalgi ish joyiga qaytariladigan va boshqa vakant ish o‘rinlariga joylashtiriladigan 270 nafar Investitsiya kompleksi 20 nafar mehnatga layoqatli fuqarolarning bandligi taʼminlandi.

Olib borilgan barcha turdagi amaliy ishlar natijasida 3601 ta oila temir daftardan chiqarildi. Ushbu oilalarda bandligi lozim bo‘lgan 4783 nafar mehnatga layoqatli ishsizlarning 4 657 nafari doimiy bandligi taʼminlandi. (97 %).

- Temir daftarda 99 ta oila qolmoqda. Ushbu oilalarning 434 nafar aʼzolaridan 126 nafar mehnatga layoqatli ishsiz aʼzolarini bandligini taʼminlashimiz zarur. Bundan tashqari 2021-yil boshidan shu kunga qadar “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 454 nafar aʼzolariga umumiy qiymati 1 373,2 mln.so‘mlik asbob-uskunalar jumladan, motokultivatorlar, temir payvandlash hamda plastmassa payvandlash  uskunalari, tikuv mashinkalari, karcheruskunasi, motopila, pishiriq pechlari berilib bandligi taʼminlandi, - deydi U.Ollanov

Ushbu temir daftarda turgan oilalarning turmush sharoitlari yaxshilanganligi, daromad manbaiga ega boʼlganligi sababli, ular tomonidan sektor rahbarlariga temir daftardan chiqarish toʼgʼrisida arizalari koʼrib chiqilib, va sektor rahbarlari tomonidan Xalq depututlari tuman Kengashiga bergan tavsiya xatlariga asosan sessiyada ko’rib chiqilib muhokama etilib, sessiya qarori bilan turmush sharoiti yaxshilangan.  

 Jumladan,

Ushbu oilalar “Temir daftar”dan chiqarilganidan so‘ng tumanda 99 ta kambag‘al oilalar qoladi. Jumladan

1-sektorda 32 ta oila;

2-sektorda 25 ta oila;

3-sektorda 21 ta oila;

4-sektorda 21 ta oilalarni tashkil qiladi.

“Temir daftar”da qolgan oilalarga 2022 yil davomida qolgan 99 ta oilani xonadonga bandligi taminlanib ularni ham bosqichma-bosqich “Temir daftar”dan  “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi mablag’lari hisobidan chiqarish choralari ko’riladi.

Qolgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish uchun kambag‘al oilalar aʼzolari bo‘lgan mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash va daromadini oshirish bo‘yicha komplekslar (iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi va qurilish) kesimida chora-tadbirlarni amalga oshirilishi aytib o'tildi.

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM