Payariqlik barcha yoshlar diqqatiga!!!

Sizda bilimingizni professional sinovdan o‘tkazish imkoniyati bor.Bu uchun tengdoshlaringiz bilan bir jamoa bo‘lishingiz va tuman miqyosida o‘tkaziladigan “Zakovat” intellektual o‘yinida ishtirok etishingiz lozim. Yana bir eslatma, yoshingiz 16-30 yosh toifasida bo‘lishi talab etiladi.

Tanlovda ishtirok etish shartlari va o‘tkazilish tartibi quyidagicha:
Siz “Zakovat” intellektual o‘yinida ishtirok etish yuzasidan o‘qiyotgan yoki yashash hududingizda joylashgan maktab ma’muriyatiga murojaat qilasiz hamda o‘z jamoangiz haqida ma’lumotnoma berasiz. 
Intellektual o‘yinlar tuman miqyosida sektor hududlari kesimida tashkil etiladi. O‘yinlar
1-dekabr kuni 1-sektor hududida joylashgan maktablar jamoalari o‘rtasida 
(1-son kasb-hunar maktabida);
2-dekabr kuni 2-sektor hududida joylashgan maktablar jamoalari o‘rtasida 
(2-son kasb-hunar maktabida);
3-dekabr kuni 3-sektor hududida joylashgan maktablar jamoalari o‘rtasida 
(3-son kasb-hunar maktabida);
4-dekabr kuni 4-sektor hududida joylashgan maktablar jamoalari 
(78-umumiy o‘rta ta’lim maktabida) bo‘lib o‘tadi. 
2021-yilning 5-dekabr kuni esa “Zakovat” intellektual o‘yini sektorlar kesimida g‘olib bo‘lgan jamoalar o‘rtasida tuman bosqichi Samarqand davlat chet tillari instituti Payariq tuman filialida bo‘lib o‘tadi. G‘oliblarni taqdirlash marosimi ham aynan shu kuni o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun:
+99899 310-01-61; +99888 898-00-93

2015-2024 © Пайариқ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM