Events

Kitob bayrami

Viloyat hokimining 2018 yil 21 maydagi “Kitob bayrami”ni yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoniga ko‘ra tumanda ishchi guruhi va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, Yoshlar bog‘i va uning atrofida obodonchilik ishlari olib borildi. “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish-buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida o‘tkazilgan “Kitob bayrami”da  kollej va maktab o‘quvchilari, aholining keng qatlamlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Image_tadbir: 

Biz jinoyatchilikka qarshimiz!

“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Samarqand shahrida uyushmagan yoshlar, ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 16-30 yoshgacha yigit-qizlar va 30 yoshdan katta bo‘lgan faxriy sportchilar o‘rtasida “Yoshlar marafoni” o‘tkazildi.

Marafonda tumandan 50 nafar uyushmagan yoshlar ishtirok etishib, umumjamoa sifatida 3 o‘rinni egalladi.

Image_tadbir: 

OTAM, ONAM VA MEN – SPORTCHI OILA

Samarqand shahrida shu nomdagi musobaqaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil turnirning tuman, shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 16 oilaviy jamoa vakillari to‘siqlar osha yugurish, chaqqonlik va merganlik, arqon tortish, mohir hujumchi kabi shartlar bo‘yicha bellashdi. 

Tayloq tumanidagi “Ravot” mahallasidan Nazarovlar oilasi hamma shartlarni a’lo darajada bajarib, barcha raqiblaridan kuchli ekanligini namoyish etdi.

Image_tadbir: 

ЭНГ НАМУНАЛИЛАР АНИҚЛАНДИ

Самарқанд шаҳридаги концерт залида «Намунали ички ишлар органларининг таянч пунктлари» анъанавий кўрик-танловининг вилоят босқичи ғолиб ва совриндорларини тақдирлаш маросими ўтказилди.

Тадбирда вилоят ҳокимлиги, ички ишлар, ўрта махсус, касб-ҳунар таълими ва халқ таълими бошқармалари «Маҳалла» хайрия жамоат фонди, «Нуроний» жамғармаси вилоят бўлимлари, «Камолот» ёшлар ижтимоий ҳаракати вилоят кенгаши, давлат ва жамоат ташкилотлари вакиллари иштирок этди. 

Image_tadbir: 

Муқаддас бурч шарафи

Ватан – ҳар бир қарич ери азиз, қадрдон ва жонажон маскан! Юртнинг асл ўғлонлари – Ватан ҳимоячиларининг ўз оромларидан кечиб, ана шу қутлуғ маскан сарҳадларини сергаклик билан ҳимоя қилаётганликлари туфайли бугун ҳаётимиз тинч, осмонимиз мусаффо, кўнгиллар хотиржам. Шу боисдан ҳам 14 январь – Ватан ҳимоячилари кунини мамлакатимизда ҳар йили байрам сифатида катта тантана билан нишонлаш ўзига хос анъанага айланган.

Image_tadbir: 
2015-2024 © Payarik district department of government. Maked by: SAKTRM